Rossiyaning eng yoshi ulug‘ qariyasi 123 yoshda vafot etdi  

© CyclowikiAlpaz Iliyev
Alpaz Iliyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ingushetiyalik 123 yoshda vafot etgan qariya dunyoning eng yoshi ulug‘ kishisi bo‘lishi mumkin.

TOShKENT, 12-may – Sputnik. Ingushetiya shifoxonasida 10-may kuni Rossiyaning eng yoshi ulug‘ qariyasi – Alpaz Iliyev vafot etdi, deb xabar qilmoqla “360tv” telekanali, respublika rahbari Yunus-Bek Yevkurovga asosan.

“Bizning ulug‘ yosh qariyamiz, Rossiyaning eng yoshi ulug‘ fuqarosi Alpaz Iliyev 123 yoshida olamdan o‘tdi. Alpaz Lorosovich bir necha avlodlar almashuvining guvohi bo‘lgan, 8 farzandni, voyaga yetkazgan. Uning 34 nabirasi va 35 nafar evarasi va bir necha chevaralari bor. U kishi xushko‘ngil qariya edilar. Bunga men o‘zim bir necha bor shaxsan amin bo‘lganman”, - deb yozgan o‘z Instagramida Yevkurov.

Iliyev 6-may kuni Magas shahridagi Respublika klinik shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga tushib qolgan. Shifokorlar uning holatini juda og‘ir deb baholashgan.

Alpaz Iliyev 1896-yilning 1-martida tug‘ilgan. U Rossiya rekordlar kitobiga eng yoshi ulug‘ fuqaro sifatida kiritilgan. U kishi hech qachon tamaki chekmagan, spirtli ichimliklarni iste’mol qilmagan. Shuningdek u kishi dori vositalaridan imkon qadar kamroq foydalanishga harakat qilgan. Alpaz Iliyev Birinchi jahon urushida ishtirok etgan. Ayni damda Ingushetiya ma’muriyati Iliyevni dunyoning eng yoshi ulug‘ kishisi sifatida tan olish borasida ariza tayyorlamoqda.  

Yangiliklar lentasi
0