Sport

Amerikalik yuguruvchi oʻzining gʻaroyib mahorati bilan barchani lol qoldirdi – video

© Sputnik / Anton Denisov / Fotobankka oʻtishLegkaya atletika. Chempionat mira. Sedmoy den
Legkaya atletika. Chempionat mira. Sedmoy den - Sputnik Oʻzbekiston
Amerikalik yuguruvchi Infinit Takker yugurish boʻyicha musobaqada superqahramonga xos sakrash bilan gʻalabaga erishib, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini lol qoldirdi.

TOSHKENT, 13 may - Sputnik. Amerikalik yengil atletikachi Infinit Takker superqahramonga xos ravishda sakrash qobiliyati bilan oʻzining muxlislari va butun dunyo boʻylab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini hayratga soldi.

Internet boʻylab tarqalgan videoda AQShning Feyetville shahrida boʻlib oʻtgan SEC Outdoor Track & Field Championships musobaqasida 400 metrga toʻsiqlar bilan yugurish boʻyicha bellashuvda uning qaysi gʻayrioddiy qobiliyati gʻalaba sari yetaklaganini koʻrish mumkin.

Sportchi deyarli marraga yetib kelishga hozir edi, biroq soʻnggi soniyalarda raqiblaridan biri Robert Grant yetib ola boshlagan. Takker gʻoliblikni qoʻlga bermaslik maqsadida oʻzini marra chizigʻi tomon otgan.

Internet foydalanuvchilari bu sakrashni “supermen sakrashi” deya nomlashdi. Musobaqa Takker sababli yodda qolarli boʻlib, qizgʻin muhokamaga sabab boʻldi. Infinit Takkerning yugurish natijasi 49,38 soniyani tashkil etdi.

Gʻalaba sari intilgan har bir kishi oʻz maqsadlariga erishish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishi lozim. Axir bejizga “Oʻychi oʻyiga yetguncha, tavakkalchi ishini bitkazadi”, deb aytilmaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala