Farg‘onada toshdan qog‘oz ishlab chiqaruvchi korxona quriladi

© O‘zAPredpriyatie po proizvodstvu bumagi iz kamnya v Fergane
Predpriyatie po proizvodstvu bumagi iz kamnya v Fergane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Emumiy qiymati 7 million dollar bo‘lgan qo‘shma korxona, zamonaviy texnologiyalar asosida bir yilda 9 ming tonna sifatli tosh qog‘oz ishlab chiqarilib, 60 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

TOShKENT, 13-may – Sputnik. Farg‘ona shahrida Xitoy bilan hamkorlikda, toshdan qog‘oz ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona qurilmoqda, deb xabar qilmoqda O‘zA.

Ushbu innovatsion loyihaning umumiy qiymati 7 million dollar bo‘lib, u Xitoyning «Ningbo Stone Paper Environmental Friendly Materials Co.LTD» kompaniyasi va “Sayqal” savdo ishlab chiqarish korxonasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Proizvodstvo termochuvstvitelnoy bumagi dlya izgotovleniya chekovoy lenti v Kaliningrade - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatida sellyuloza-qog‘oz kombinati quriladi

Zamonaviy texnologiyalar asosida faoliyat ko‘rsatuvchi korxona ishga tushgach, bir yilda bu yerda 9 ming tonna qog‘oz ishlab chiqarilib, 60 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Eslatib o‘tamiz, ayni damda O‘zbekiston har yili 120 ming tonnadan ortiq ofset va gazeta qog‘ozlari sotib oladi.

Mazkur import o‘rnini bosuvchi loyiha borasida kelishuv Farg‘ona viloyati hokimi Sh. G‘aniyevning 25-27 aprel kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tgan “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumida ishtiroki davomida memorandum imzolagan edi.

© O‘zAPredpriyatie po proizvodstvu bumagi iz kamnya v Fergane
Farg‘onada toshdan qog‘oz ishlab chiqaruvchi korxona quriladi - Sputnik O‘zbekiston
Predpriyatie po proizvodstvu bumagi iz kamnya v Fergane

–Bugungi kunda sifatli tosh qog‘oz mahsulotlariga talab butun dunyoda ortib bormoqda, – deydi loyiha tashabbuskori Abdurahmon Niyozov. – Sababi unda ekologiyaga hech qanday zarar yetmaydi, balki oddiy tosh yoki kalsiydan foydalaniladi. Lekin tosh qog‘ozning sifati sellyuloza qog‘oznikidan butunlay farq qiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 6-7 may kunlari amalga oshirilgan  tashrifi davomida Farg‘ona viloyatida 2019-2020 yillarda qiymati 40,4 trillion so‘m bo‘lgan 624 ta yirik va o‘rta investitsiya loyihalari ishga tushirilishi belgilab olingan edi. Ularning negizida 49 mingdan ziyod ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0