Hodisalar

Toshkentda yoʻlovchi avtobus oynasini sindirib, qochib ketdi

Yoʻlovchi yigit hech bir sababsiz salon ichida toʻsiq maqsadida oʻrnatilgan oynani sindirib, avtobusdan tushib qochib ketgan.

TOSHKENT, 13 may – Sputnik. Joriy yil 13 may kuni 4-avtobus saroyi tasarrufidagi 38-yoʻnalishda qatnovchi saroy raqami 37 boʻlgan “Mersedes-bents” rusumli avtobusda noxush voqea yuz berdi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar qildi.

Uzbekskiye militsionerы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik uchun jazo kuchaytiriladi

Xabarda aytilishicha, yoʻlovchi yigit hech bir sababsiz salon ichida toʻsiq maqsadida oʻrnatilgan oynani sindirib, avtobusdan tushib qochib ketgan. 

Boshqa yoʻlovchilarning guvohlik berishicha atrofdagilarga hech qanday zarar yetmagan. Ammo yigitning oʻzi jarohat olgan.

Ushbu voqea yuzasidan ichki ishlar organiga xabar berilgan.

“Yuz berayotgan ana shunday holatlarni inobatga olib, “Toshshahartransxizmat” AJ rahbariyati barcha yoʻlovchilar va shahrimiz mehmonlaridan jamoat transportlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishni, uni asrab-avaylab, koʻp yillar xalqimizga soz holda xizmat qilishiga oʻz hissalarini qoʻshishlarini yana bir karra soʻrab qoladi”, - deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala