Hodisalar

Yunusobod tumani sobiq hokimi 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Fotobankka oʻtishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik Oʻzbekiston
Baxtiyor Abdusamatov dastlab Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) va 210-moddasida (pora olish) koʻzda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan edi.

TOSHKENT, 13 may – Sputnik. Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudining 13 maydagi hukmi bilan Yunusobod tumanining sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatovga 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Bu haqda “Daryo” xabar qilmoqda.

Pustoye kreslo - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Katta pora soʻragan Yunusobod tumani hokimi DXX xodimlari tomonidan qoʻlga olindi

Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudida sudya Zafar Nurmatov raisligida Baxtiyor Abdusamatov, vaqtincha ishsiz Oʻlmas Muhammadsaidov va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining “Milliy PR-markazi” sobiq bosh direktori Shohrux Malikov ishi boʻyicha sud majlisi boʻlib oʻtdi.

Baxtiyor Abdusamatov dastlab Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) va 210-moddasida (pora olish) koʻzda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan edi.

Stroitelstvo mnogoetajnogo doma. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Bosh vazir hibsga olingan sobiq Yunusobod tumani hokimi qarorini bekor qildi

Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudining 13 may kuni hukmiga koʻra Baxtiyor Abdusamatov Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) 2 qismi a bandi (juda koʻp miqdorda zarar yetkazgan holda) va Jinoyat kodeksining 45-moddasini qoʻllab, 3 muddatda mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlardan ishlash mahrum qilingan holda 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Xabarda tayinlangan jazo muddati manzil koloniyada oʻtalishi, qamoqqa olish ehtiyot chorasi oʻzgarishsiz qoldirilgan holda jazo muddati 2018 yil 10 sentyabrdan boshlab hisoblanishi belgilangani qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala