Iqtisod

JB jamgʻarmasi Toshkent-Andijon pullik yoʻli loyihasi uchun grant ajratdi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Fotobankka oʻtishPlatnыy uchastok skorostnoy trassы
Platnыy uchastok skorostnoy trassы - Sputnik Oʻzbekiston
Yoʻl-transport tizimida Jahon banki bilan hamkorlikda Toshkent-Andijon yangi pullik yoʻlini qurish boʻyicha loyiha tayyorlanmoqda.

TOSHKENT, 13 may – Sputnik. 2019 yil 10 may kuni Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi rahbariyati Jahon banki vakillari bilan yoʻl-transport sohasida Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Moskovskaya koltsevaya avtomobilnaya doroga v yujnoy chasti Moskvы (35 km. MKAD) - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda qaysi yoʻllar pullik boʻladi?

Muloqotlarda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyeyov tomonidan “Respublika iqtisodiyotiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga binoan keng koʻlamdagi islohatlar amalga oshirilayotgani, buning natijasida ijtimoiy-ifqtisodiy sohalarda istiqbolli loyihalar xayotga samarali joriy etilayotgani taʼkidlangan.

Prezident qaroriga koʻra, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan 2019 yilda ishlab chiqilishi lozim boʻlgan loyihalar tasdiqlangan. Hozirgi kunda umumiy qiymati 2 mlrd AQSH dollari boʻlgan 10 dan koʻp loyiha ustida ish olib borilmoqda.

“Yoʻl-transport tizimida Jahon banki bilan hamkorlikda Toshkent-Andijon yangi pullik yoʻlini qurish boʻyicha loyiha tayyorlanmoqda. Mazkur loyihani amalga oshirish uchun Jahon bankining GIF (Global Infrastructre Facility) jamgʻarmasi tomonidan izlanish granti taqdim qilingan”, - deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, joriy yilning 10-16 may kunlari Jahon banki vakillaridan iborat yoʻl qurilish boʻyicha ekspertlari Oʻzbekistonga kelib, tegishli vazirliklarda uchrashuvlar oʻtkazadi. Shuningdek, ushbu ekspertlar Toshkent, Namangan, Fargʻona va Andijon viloyatlariga borib moʻljallanayotgan magistral yoʻlini oʻrganishadi. 

Platnыy uchastok skorostnoy trassы - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Investorlarga pullik magistral yoʻllar qurish uchun yoʻl va yer uchastkalari beriladi

Muloqotlarda Jahon banki hamda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi vakillari yoʻl-transport sohasida Davlat-xususiy sherikligi dasturini muhokama qilishdi. Loyihalarni ishga tushirish uchun zarur boʻladigan maʼlumotlar, izlanishlar va tahlillar, hamda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan davlat-xususiy sheriklik turlari borasida fikr almashildi.

Uchrashuvda ushbu loyihalarning amalga oshirilishi xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish bilan birga, iqtisodiyotni oʻsishiga kuchli turtki boʻlishi qayd etilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq joriy yil oxiriga qadar Oʻzbekistonda birinchi pullik avtomobil yoʻl qurilishi boshlanishi haqida xabar qilgan edik. Ushbu yoʻl Toshkent va Samarqand shaharlarini bogʻlaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala