Jamiyat

Maktabgacha taʼlim xodimlari lavozim maoshlariga 100 foiz miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanadi

© Press-slujba ministerstva doshkolnogo obrazovaniya Uzbekistana Pervoye v Uzbekistane spetsializirovannoye doshkolnoye uchrejdeniye s reabilitatsionnыm tsentrom
Pervoye v Uzbekistane spetsializirovannoye doshkolnoye uchrejdeniye s reabilitatsionnыm tsentrom   - Sputnik Oʻzbekiston
2019 yil 1 maydan boshlab davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlarining, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlarining lavozim maoshlariga 100 foiz miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanadi.

TOSHKENT, 14 may – Sputnik. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Nukus shahrida reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan birinchi maktabgacha taʼlim muassasasi ochildi.  - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
“Imkon” markazining tantanali ochilishi: loyiha kuratori Shahnoza Mirziyoyeva

Qaror bilan quyidagi nizomlar tasdiqlandi:

- umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari toʻgʻrisidagi;

- maktabgacha taʼlim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlar toʻgʻrisidagi;

- koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari va qoʻshma tipdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari toʻgʻrisidagi;

- bolalarni koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga va qoʻshma tipdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yoʻllash boʻyicha tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya toʻgʻrisidagi.

Otkrыtiye pervogo v Uzbekistane spetsializirovannogo doshkolnogo uchrejdeniya s reabilitatsionnыm tsentrom - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shahnoza Mirziyoyeva Nukusda bolalar uchun ixtisoslashtirilgan markazni ochdi

Qarorga koʻra, 2019 yil 1 maydan boshlab davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlarining, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlarining lavozim maoshlariga 100 foiz miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanadi.

2019 yil 1 sentyabrdan boshlab davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilari yordamchilarining, shuningdek, qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi oʻsishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar boʻlgan bolalarga moʻljallangan guruhlarda ishlaydigan tarbiyachilar, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlari yordamchilarining lavozim maoshlariga 100 foiz miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala