Samarqandda qiz nega katta tezlikdagi attraksiondan qulab tushgani ma’lum bo‘ldi – video

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishAttraksion
Attraksion - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand shahrining “Yoshlik” istirohat bog‘ida katta tezlikda aylanuvchi attraksionda uchayotgan bir qiz yerga qulab tushdi.

TOShKENT, 15-may – Sputnik. Kecha Samarqand shahrining “Yoshlik” istirohat bog‘ida ko‘ngilsiz hodisa sodir bo‘ldi.

Istirohat bog‘idagi attraksionlardan birida uchayotgan qizlardan biri undan chiqib ketib, yerga qulab tushgan.

Mazkur hodisa tasvirlangan video jamoatchilik tomonidan keng va qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. 

“Zamon” informatsion dasturida jabrlangan qiz attraksion to‘xtashi arafasida bilmasdan himoya kamarini yechib yuborgan va yerga yiqilgani ma’lum qilindi.

Tadbirkor Navro‘z Haydarovning so‘zlariga ko‘ra, qurilmada nosozlik kuzatilmagan. Attraksion yana bir texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Qizga tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib borilgan.

Yangiliklar lentasi
0