Mirziyoyev “Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachovni qabul qildi

Obuna bo‘lish
Yangi o‘quv yilidan Toshkentda MMFI milliy tadqiqot yadroviy universitet filiali o‘z ishini boshlaydi.

TOShKENT, 15-may – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning "Rosatom" atom energiyasi bo‘yicha davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachovni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Generalniy direktor Gosudarstvennoy korporatsii po atomnoy energii Rosatom Aleksey Lixachev. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston AESi – Rosatom uchun eng ustuvor xorijiy loyiha bo‘ladi

Qayd etilishicha, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish doirasida ilg‘or texnologiya va bilimlarni jalb etgan holda mamlakatda birinchi atom elektr stansiyasini qurish loyihasini tayyorlash va amalga oshirish bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilinmoqda.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzurida "O‘zatom" agentligi tashkil etilgan va faoliyat yuritmoqda. Mamlakatda atom energetikasini rivojlantirish bo‘yicha o‘n yilga mo‘ljallangan konsepsiya qabul qilingan.

Bo‘lajak AES uchun maydon tanlash bo‘yicha muhandislik tadqiqotlarining birinchi bosqichi yakunlandi, xalqaro talablarga muvofiq loyihaning atrof-muhitga ta’siri baholanmoqda va texnik hujjatlar tayyorlanmoqda.

Atomnaya stansiya  - Sputnik O‘zbekiston
Atom elektr stansiyasi bilan faxrlanish kerak – ekspert

Aholini atom energetikasi va yadroviy texnologiyalarning rivoji to‘g‘risida keng xabardor qilish maqsadida bugun "O‘zatom" agentligi binosida Atom texnologiyalari axborot markazi ochildi.

Ma’lum qilinishicha, yangi o‘quv yilidan Toshkentda MMFI milliy tadqiqot yadroviy universitet filiali o‘z ishini boshlaydi.

Uchrashuvda mamlakatda qabul qilingan "yo‘l xaritasi" asosida AES qurilishi loyihasini sifatli tayyorlash va amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish masalalari ko‘rib chiqilgani qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0