Sport

Toshkent va Samarqandda Olimpiya shaharchalari quriladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPrazdnik "Navruz" v Tashkente
Prazdnik Navruz v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston XXI yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish uchun daʼvogar.

TOSHKENT, 15 may  — Sputnik. Oʻzbekistonda yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazishni tashkil etish toʻgʻrisida hukumat qarori qabul qilindi.

Umid Axmadjonov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
MOQ rahbari Umid Ahmadjonov isteʼfoga chiqdi

Qaror bilan yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazishni tashkil etish uchun munosib infratuzilmani yaratishga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi hamda uni amalga oshirish boʻyicha ishchi guruhi tarkibi tasdiqlandi.

Dasturga koʻra, xalqaro nufuzli musobaqalarni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha jamgʻarma tashkil etiladi, Toshkent va Samarqand shaharlarida Olimpiya shaharchalari quriladi.

Eslatib oʻtamiz, navbatdagi XIX yozgi Osiyo oʻyinlari 2022 yil Xanchou shahrida (Xitoy), XX yozgi Osiyo oʻyinlari 2026 yil Nagoya shahrida (Yaponiya) boʻlib oʻtishi belgilangan boʻlib, 2030 yil XXI yozgi Osiyo oʻyinlari oʻtkazilishi joyi belgilanmaganligi sababli Oʻzbekiston daʼvogar sifatida Osiyo Olimpiya Kengashiga buyurtma berish imkoni mavjud.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala