Antisanitariya va nuragan devorlar: Mirziyoyev Andijondagi eski mahallada nimalarni ko‘rdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev v xode poyezdki v Andijanskuyu oblast posetil staruyu maxallyu v gorode Andijane
Prezident Shavkat Mirziyoyev v xode poyezdki v Andijanskuyu oblast posetil staruyu maxallyu v gorode Andijane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident Andijon shahridagi eski mahallaga kirib, odamlarning turmush sharoitlarini ko‘zdan kechirdi va bunday sharoit xalqqa yarashmasligini, mahalla aholisi yangi qurilayotgan zamonaviy uylarga ko‘chirilib, munosib sharoitlar bilan ta’minlanishini ta’kidladi.

TOShKENT, 17-may – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida Andijon shahridagi eski mahallaga kirib, odamlarning turmush sharoitlarini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev v xode poyezdki v Andijanskuyu oblast posetil staruyu maxallyu v gorode Andijane
Antisanitariya va nuragan devorlar: Mirziyoyev Andijondagi eski mahallada nimalarni ko‘rdi - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev v xode poyezdki v Andijanskuyu oblast posetil staruyu maxallyu v gorode Andijane

Ta’kidlanishicha, shahar markazida joylashgan bu mahallada uylar ichma-ich, tartibsiz qurib tashlangan. Muhandislik tarmoqlari yo‘qligi sabab devorlar nurab, sanitariya holati yomonlashib qolgan edi. 

Davlat rahbari bu ahvol bilan bevosita tanishib, odamlar bilan suhbatlashdi. Bunday sharoit xalqqa yarashmasligini, mahalla aholisi yangi qurilayotgan zamonaviy uylarga ko‘chirilib, munosib sharoitlar bilan ta’minlanishini ta’kidladi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev v xode poyezdki v Andijanskuyu oblast posetil staruyu maxallyu v gorode Andijane
Antisanitariya va nuragan devorlar: Mirziyoyev Andijondagi eski mahallada nimalarni ko‘rdi - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev v xode poyezdki v Andijanskuyu oblast posetil staruyu maxallyu v gorode Andijane

Shu yerda Andijon shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bunyodkorlik ishlari muhokama qilindi. Jumladan, mazkur eski mahalla hududida 9 qavatli 70 ta ta turar joy barpo etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Davlat rahbariga Andijan sity ishbilarmonlik shaharchasi qurilish loyihasi haqida ham ma’lumot berildi. Qariyb 70 gektar maydonda bunyod etilishi mo‘ljallangan ushbu shaharcha besh yulduzli mehmonxona, kongress xoll, ofislar, sog‘lomlashtirish va ko‘ngilochar joylar, restoranlar, 7, 9 va 12 qavatli turar joylardan iborat bo‘ladi.

Prezident bu shaharcha uzoqni o‘ylab, kompleks yondashuv asosida qurilishi, u Andijon uchun namuna, andoza bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Shu bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.

Yangiliklar lentasi
0