Buxoroda arab tiliga ixtisoslashtirilgan maktab ochilishi mumkin

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMinaret i mechet Kalyan, medrese Miri-Arab (Buxara)
Minaret i mechet Kalyan, medrese Miri-Arab (Buxara) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi maktabda Birlashgan Arab Amirliklaridagi Al-Naxayon maktablarining tajribasidan kelib chiqib, arab tili va adabiyoti, madaniyati, tarixi, fanlarining o‘quv rejalarini O‘zbekiston umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlariga hisobga olgan holda joriy etish ko‘zda tutilgan.

TOShKENT, 17-may – Sputnik. “Buxoro shahrida Arab tiliga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabini tashkil etish to‘g‘risida” hukumat qarori umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Delegatsiya Uzbekistana posetila pavilon Kanadi, gde bilo obsujdeno i dogovoreno uchastie Uzbekistana na kinorinke, v ramkax mejdunarodnogo kinofestivalya v Toronto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston vakillari Kanada, AQSh va Berlin kinobozorlar tashkilotchilari bilan uchrashdi

Qaror loyihasida Buxoro shahridagi 42–sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi negizida arab tiliga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabini tashkil etish bo‘yicha taklifiga rozilik berish qayd etilgan.  

"Maktabning asosiy vazifalari:

- umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari asosida zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan keng foydalangan holda arab tilini chuqur o‘qitilishini tashkil etish;

- o‘quvchilarda arab tilida muloqot qilish qo‘nikmalarini shakllantirish va ularni fan olimpiadalarida muntazam ishtirok etishlarini ta’minlash;

- o‘quvchilarda vatanparvarlik va Vatanga muhabbat tuyg‘usini, bag‘rikenglik, qonunlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatni, hayotga qat’iy ishonch va qarashlarni shakllantirish;

- Birlashgan Arab Amirliklaridagi Al-Naxayon maktablarining tajribasidan kelib chiqib, arab tili va adabiyoti, madaniyati, tarixi,  fanlarining o‘quv rejalarini O‘zbekiston umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlariga hisobga olgan holda joriy etish.

2020-2021 o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan maktabning 5, 6, 7 va 8-sinflariga hamda 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab 5-sinfiga 30 nafardan o‘quvchi tanlov asosida qabul qilinadi”, - deyilgan hujjatda.

Loyihada qayd etilishicha, maktabga iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish maqsadida ona tili, adabiyot va chet tili fanlaridan test sinovi hamda psixologik-pedagogik tashxisdan o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0