IIV Andijonda gullarni sug‘orayotib halok bo‘lgan ayollar hodisasiga munosabat e’lon qildi

© DRIVERS.UZ / telegramAvariya proizoshla 29-aprelya v Tashkente
Avariya proizoshla 29-aprelya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

TOShKENT, 17-may - Sputnik. O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi "Prezident kelishiga ekilgan gullarni sug‘orishga chiqarilgan uch hasharchi ayol, mashina urib, halok bo‘ldi" sarlavhasi bilan tarqatilgan ma’lumot yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

V Tashkente posle gibeli rebenka ogradat proxodashie cherez kanali trubi  - Sputnik O‘zbekiston
Sinov loyiha: Yunusobodda tunu-kun ishlaydigan avariya-dispetcherlik xizmati yo‘lga qo‘yiladi

Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda yuqoridagi nom bilan tarqatilgan xabarlarni o‘rganib chiqgan.

Ma’lum bo‘lishicha 16-may kuni ertalab Andijon viloyati Andijon tumanida yashovchi fuqaro "Cobalt" rusumli avtomashinani Asaka tumanidan o‘tgan "Shahrixon-Andijon" yo‘lida charchoq ta’sirida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetiga chiqib ketgan. Natijada yo‘l chetida obodonlashtirish ishlarini olib borayotgan tuman obodonlashtirish boshqarmasi ishchilari O.P., F.T. va Z.U. ismli ayollarni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida, ikki ayol ko‘rsatilgan birinchi tibbiy yordamga qaramay kasalxonada vafot etganlar.

Uchinchi ayol chap tizza qismi, o‘ng son sohasida va chap qo‘l sohasida shilinma jarohatlari bo‘lgani uchun hozirda kasalxonada. 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlardagi "yo‘l-transport hodisasini sodir etgan haydovchi voqea joyidan qochib ketgan" degan jumla ham haqiqatga mos kelmasligi aytilmoqda.  Ma’lum bo‘lishicha, hodisa joyiga yetib kelgan tezkor-tergov guruhiga haydovchi A.S. yo‘l transport hodisasini sodir etganligini aytgan va ular tomonidan voqea joyini ko‘zdan kechirish harakatida ishtirok etgan.

Ulitsa v selskoy mestnosti v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 478 ta qishloqlarda obodonlashtirish ishlari uchun 4,8 trillion so‘m sarflanadi

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarda "jabrlanganlar obodonlashtirish bo‘limining doimiy maosh olib ishlaydigan ishchilari emas" degan gap ham haqiqatga mos emasligi ta’kidlanmoqda. IIV ma’lumotiga ko‘ra, ayollarning barchasi Asaka tumani hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasining buyrug‘iga asosan boshqarmada haq to‘lanadigan jamoat ishi ishchilari bo‘lgan.

Haydovchi boshqaruvidagi "Cobalt" rusumli avtomashina tezkor-tergov guruhi tomonidan voqea joyida ko‘zdan kechirilgandan so‘ng, avtomashina qonuniy tartibda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ekspertiza o‘tkazish uchun olib ketilgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida vafot etgan shaxslarning o‘lim sabablarini, fuqaro Z.U. va haydovchi A.S.larning tan jarohati va og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertiza hamda avtomashinani texnik sozligi bo‘yicha sud-avtotexnik ekspertizasi va boshqa zaruriy ekspertizalar tayinlangan.

Mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0