TIV Saudiya Arabistonidagi neft quvurlariga dronlar hujumidan tashvishda ekanini bildirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie MID Uzbekistana
Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yemen "Ansar Alla" (xusitlar) harakati hujumdan so‘ng podshohlikka muhim obyektlariga yangi hujumlar uyushtirish bilan tahdid qildi.

TOShKENT, 17-may – Sputnik. O‘zbekiston TIV Saudiya Arabistonidagi neft quvurlariga dronlar hujumidan tashvishda ekanini bildirdi.

Rasmiy bayonotda O‘zbekistonda Saudi Aramco Saudiya davlat kompaniyasiga tegishli ikkita neft nasos-kompressor stansiyasiga qarshi uchuvchisiz qurilmalar aksiyalari tashvish bilan qabul qilingani qayd etilgan.

Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Fors ko‘rfazidagi provokatsiyani keskin qoraladi

Mazkur provokatsiyalar neft stansiyalarida ishlovchi insonlar hayotiga jiddiy tahdid solishi ta’kidlangan.

“Vazirlik dunyo hamjamiyatini barqaror neft yetkazib berishga va dunyo iqtisodiyoti rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi shu kabi harakatlarga bundan keyin yo‘l qo‘ymaslikka chaqiradi”, - deyiladi bayonotda.

14 may kuni podshohlikning energetika, sanoat va mineral resurslar vaziri Xolid al-Folih Saudiya Arabistondagi markaziy neft quvuri uchuvchisiz aviatsiya tomonidan hujumga uchraganini ma’lum qilgandi.

Yemen "Ansar Alla" (xusitlar) harakati hujumdan so‘ng podshohlikka muhim obyektlariga yangi hujumlar uyushtirish bilan tahdid qildi.

Yangiliklar lentasi
0