Toshkent – Issiqkoʻl yoʻnalishida mavsumiy poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

© Sputnik / Mariya NaumenkoPoyezd AO "Uzbekiston temir yullari" Tashkent - Urgench
Poyezd AO Uzbekiston temir yullari Tashkent - Urgench - Sputnik Oʻzbekiston
Restoran vagonda sayyohlar va yoʻlovchilar uchun salqin ichimliklar mavjud boʻlib, tansiq taomlar ham tayyorlanadi.

TOSHKENT, 17 may – Sputnik. Joriy yilning 6 iyun kunidan boshlab mavsumiy Toshkent – Bishkek – Baliqchi (Issiqkoʻl) yoʻnalishida xalqaro yoʻlovchi poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi, deya xabar qildi “Oʻzbekiston temir yoʻllari”.

Avtobusы - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Rossiyaga qatnash uchun Xitoydan 100ta avtobus sotib olindi

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston davlatlari oʻrtasida sayyohlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan poyezd haftaning har payshanba kuni Toshkent-Markaziy vokzalidan kechki soat 20:50da yoʻlga chiqib, Qozogʻiston hududi orqali harakatlanadi va juma kuni kechki 20:29da Baliqchi vokzaliga yetib boradi. Issiqkoʻldan shanba kuni soat 01:59da harakatlangan poyezd Toshkent shahriga yakshanba kuni soat 05:00da yetib keladi.

Xalqaro qatnov Oʻzbekistonning “Salar”, “Chuqursoy”, “Keles2, Qozogʻistonning “Sariagʻach2, “Aris-1”, “Chimkent”, “Mankent”, “Tyulkubas”, “Abail”, “Burnoe”, “Jambul”, “Lugovaya” hamda Qirgʻizistonning “Merke”, “Chalvador”, “Qaindi”, “Qorabolta”, “Belovodsk”, “Toʻqmoq” stantsiyalari, Bishkek-2 va Baliqchi vokzali orqali amalga oshiriladi.

Qayd etilishicha, Toshkent – Bishkek – Baliqchi (Issiqkoʻl) yoʻnalishida xalqaro yoʻlovchi poyezdida yoʻlovchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Vagonlar shinam va yorugʻ, sovitish tizimlari bilan jihozlangan. Restoran vagonda sayyohlar va yoʻlovchilar uchun salqin ichimliklar mavjud boʻlib, tansiq taomlar ham tayyorlanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala