Toshkent shahridagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobilnoe dvijenie v Tashkente
Avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019 yil 18-may kuni Uchtepa tumanida Yoshlar marafoni o‘tkaziladi.

TOShKENT, 17-may – Sputnik. Poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qilishicha, ertaga Toshkent shahridagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi.

Xabarda aytilishicha, 18-may kuni Uchtepa tumanida Yoshlar marafoni o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan Farhod va Ali Qushchi ko‘chalari chorrahasidan Farhod  ko‘chasi bo‘ylab Lutfiy ko‘chasiga, Katta Xirmontepa ko‘chasining Farhod ko‘chasidan Shirin ko‘chasigacha bo‘lgan qismida soat 7:30 dan 08:30 ga qadar barcha turdagi transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi.

Yangiliklar lentasi
0