Avtomobillar yonishiga faralar aybdormi: IIBB bu masalaga izoh berdi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishGorashiy avtomobil
Gorashiy avtomobil - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent IIBB fuqarolar, blogerlar hamda Telegram messenjerida o‘z kanalini yurgizadiganlarni avtomobillarning yonish sabablari to‘g‘risidagi o‘z "mutaxassis" xulosalari bilan insonlarni adashtirmaslikka chaqirib qolgan

TOShKENT, 18-may - Sputnik. Toshkent IIBB O‘zbekiston yo‘llarida avtomobillar nima sababdan yonayotgani sabablarini tushuntirdi.

Transportnaya razvazka - Sputnik O‘zbekiston
"Bu bizning iqlimga zid": o‘zbek deputatlari kunduz kuni yoqilayotgan mashina chiroqlari haqida

Ilgariroq ijtimoiy tarmoqlarda yonayotgan avtomobillar aks etgan suratlar tarqalgan edi. Internet-foydalanuvchilari ushbu yong‘inlarga YHX ga kiritilgan yangi tuzatishlar - kunduzi faralarni yoqib yurish sabab bo‘lganini aytishgan.

Toshkent shahar IIBB xodimlari O‘zbekiston FVV Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi bilan bog‘langan va natijada quyidagilar ma’lum bo‘ldi.

O‘tgan 2018-yilda yengil mashinalarni yonib ketishi bilan bog‘liq 64 ta holat qayd etilgan bo‘lsa, 2019-yil boshida Toshkentda avtomobillarning 11-marta yongani qayd etilgan. Bulardan ikki holatda yonish – yoqilg‘i tizimi ishdan chiqqanligi sababli yuz bergan. Qolgan holatlarda esa yong‘in elektr o‘tkazish tizimi buzilganligi bois sodir bo‘lgan, ya’ni avtomobilning motor qismida sodir bo‘lgan bort kompyuteri va akkumulyatorni ulab turuvchi elektr o‘tkazish tizimadagi qisqa uzilish sabab bo‘lgan. Avtomobil yoritgichlariga zarar yetmagan.

Kuni kecha ro‘y bergan "Volvo" rusumli avtomobil yonishiga ham  (haydovchiga yordam bergan quruvchilarning va boshqa guvohlarning hamda haydovchining o‘zining gaplariga ko‘ra) motor qismidagi muammolar sabab bo‘lgan.

Avtomobil skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent yaqinida ichida maktab o‘quvchilari bo‘lgan avtobus yonib ketdi

"FVV Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xodimlarining ma’lum qilishlaricha, yong‘inga sabab bo‘lgan elektr o‘tkazgichlarning texnik qoniqarsiz holatlari ko‘pincha eski yillarda ishlab chiqarilgan avtomobillarda uchraydi. Shunday ekan agar sizning avtomobilingiz "katta yoshda" bo‘lsa, texnik ko‘rik davomida elektr o‘tkazgichlarga alohida e’tibor berish zarur", - deb yozadi IIBB matbuot xizmati.

Toshkent IIBB bu kabi hodisalar suratlarini tarqatuvchi fuqarolarni, blogerlarni hamda Telegram messendjerida o‘z kanalini yurgizadiganlarni avtomobillarning yonish sabablari to‘g‘risidagi o‘z "mutaxassis" xulosalari bilan insonlarni adashtirmaslikka chaqirib qolgan.

Yangiliklar lentasi
0