Toshkent - Issiqkoʻl yoʻnalishidagi poyezdga chipta narxlari maʼlum qilindi

Toshkent – Bishkek – Baliqchi (Issiq-koʻl) yoʻnalishida xalqaro yoʻlovchi poyezdida yoʻlovchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Vagonlar shinam va yorugʻ, sovutish tizimlari bilan jihozlangan.

TOSHKENT, 18 may - Sputnik. Joriy yilning 6 iyun kunidan boshlab mavsumiy Toshkent – Bishkek – Baliqchi (Issiq-koʻl) yoʻnalishida xalqaro yoʻlovchi poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyildi.

Poyezd AO Uzbekiston temir yullari Tashkent - Urgench - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent – Issiqkoʻl yoʻnalishida mavsumiy poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ maʼlumotlar xizmati xodimining aytishicha, 6 iyun kuniga rejalashtirilgan reysga 18 may holatiga koʻra, joylar bor.

Platskart vagon uchun chipta narxi - 370 ming soʻmni, kupe narxi 485 ming soʻmni tashkil etadi.

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha "Oʻzbekiston temir yoʻllari" matbuot xizmati ushbu qatnov Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasida sayyohlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgani haqida xabar qilgan edi.

Endilikda Issiq-Koʻlga poyezd qatnovi haftaning har payshanba kuni Toshkent markaziy vokzalidan kechki soat 20:50 da yoʻlga chiqib, Qozogʻiston hududi orqali harakatlanadi va juma kuni kechki 20:29 Baliqchi vokzaliga yetib boradi. Issiq-koʻldan shanba kuni soat 01:59 harakatlangan poyezd Toshkent shahriga yakshanba kuni soat 05:00 da yetib keladi.

"Xudo bergan joy" - oʻzbekistonliklar Issiq-Koʻlga poyezdda borishlari mumkin boʻladi >>>

Toshkent – Bishkek – Baliqchi (Issiq-koʻl) yoʻnalishida xalqaro yoʻlovchi poyezdida yoʻlovchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Vagonlar shinam va yorugʻ, sovutish tizimlari bilan jihozlangan. Restoran vagonda sayyohlar va yoʻlovchilar uchun salqin ichimliklar mavjud boʻlib, tansiq taomlar ham tayyorlanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala