Video

Yuz million dollardan koʻp mablagʻ ishlagan jahldor mushuk vafot etdi

Kuni kecha butun dunyo ahli "Jahldor mushuk" (Grumpy Cat) olamdan oʻtgani haqidagi xabarni qaygʻu ila qarshi oldi.

Bu mushuk 2012 yilda ilk bor surati internetda paydo boʻlgach, olamshumul mashhurlikka erishgan. Notoʻgʻri tishlam tufayli jonivor yuzida norozilik ifodasi mangu qotib qolgan edi.

Avvaliga internet foydalanuvchilari bu surat fotoshop mahsuli ekanligini aytishadi. Ammo mushuk egasi YouTube da videorolik joylagach, barcha shubha-gumonlar ortda qoladi.

Shu paytdan boshlab mushukka Grumpy Cat ("jahldor" yoki "janjalkash") laqabi beriladi va u turli memlar personajiga aylanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala