Yuz million dollardan ko‘p mablag‘ ishlagan jahldor mushuk vafot etdi

Obuna bo‘lish
Kuni kecha butun dunyo ahli "Jahldor mushuk" (Grumpy Cat) olamdan o‘tgani haqidagi xabarni qayg‘u ila qarshi oldi.

Bu mushuk 2012-yilda ilk bor surati internetda paydo bo‘lgach, olamshumul mashhurlikka erishgan. Noto‘g‘ri tishlam tufayli jonivor yuzida norozilik ifodasi mangu qotib qolgan edi.

Avvaliga internet foydalanuvchilari bu surat fotoshop mahsuli ekanligini aytishadi. Ammo mushuk egasi YouTube da videorolik joylagach, barcha shubha-gumonlar ortda qoladi.

Shu paytdan boshlab mushukka Grumpy Cat ("jahldor" yoki "janjalkash") laqabi beriladi va u turli memlar personajiga aylanadi.

Yangiliklar lentasi
0