Ona - baribir ona. Ezgulikka chorlovchi video.

Obuna bo‘lish
O‘rdakchalar qutqarilishi haqidagi video - odamlarni yaxshilik qilishga undamoqda.

Internet manbaalaridan birida “Ona baribir ona-da” nomli video paydo bo‘ldi. Unda Kanadada yo‘lni kesib o‘tayotgan o‘rdaklar oilasidan bir necha o‘rdakchalar yo‘l chetida yomg‘ir suvlari oqib ketishi uchun  mo‘ljallangan quvurga tushib ketadi.

Bechora ona o‘rdar nima qilishini bilmay chuqur atrofida aylanayotganini ko‘rgan politsiya xodimlari ularni darhol qutqarishga tushadi. 

Qutqaruvchilar to‘rtta o‘rdakchani birin ketin quvur ichidan chiqarib olishadi va o‘rdaklar oilasini daryo bo‘yigacha kuzatib qo‘yishadi.

Ushbu videoni tomosha qilgan barcha ijobiy izohlar qoldirgan. Kimdir “Mana shu ishga soliqlarim xarajat qilinayotganidan afsus qilmayman, degan. Yana bir kishi esa – ushbu video barchamizni yanada yaxshiroq inson bo‘lishga undadi, deb yozgan.  

Video qahramonlari esa – Kanada otliq politsiya xizmatchilari.

Yangiliklar lentasi
0