Moskvada yangi uslubda qurilgan politsiya binosi ishga tushdi

© TVSNovoe zdanie OVD Ochakovo-Matveyevskogo rayona
Novoe zdanie OVD Ochakovo-Matveyevskogo rayona - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvada yangi uslubda qurilgan tuman politsiya bo‘limi binosi ichida nimalar bor?

TOShKENT, 19-may – Sputnik. Yaqinda Moskvaning Ochakovo-Matveyevskoe tumanida yangi politsiya binosi ishga tushdi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAVlar.

Yangi bino, “Xavfsiz shahar” dasturi doirasida individual loyiha bo‘yicha qurilgan birinchi politsiya binosi bo‘lib, kelajakda Moskvada ana shunday uslubda qurilgan yana 16ta bino qurilishi xabar qilingan.

© TVSNovoe zdanie OVD Ochakovo-Matveyevskogo rayona
Moskvada yangi uslubda qurilgan politsiya binosi ishga tushdi - Sputnik O‘zbekiston
Novoe zdanie OVD Ochakovo-Matveyevskogo rayona

Yangi uslubda qurilgan politsiya binosi oldingilaridan nimasi bilan ajralib turadi?  

Birinchidan, maydoni 5,5 ming metr kvadrat bo‘lgan yangi binoda tuman politsiyasining barcha bo‘linmalari uchun yetarli joy ajratilgan. Kriminal politsiya, Navbatchilik bo‘linmasi, jamoat xavfsizligi bo‘linmasi va boshqalar endi bitta binoda joylashgan. Kerak bo‘lganda, har bir mutaxassis uchun alohida kabinetlar ajratilgan.

Shuningdek, bu yerda politsiya xodimlari mashq qilishlari uchun uchun haqiqiy va elektron tir, sport mashhulotlari zali, yer osti avtomobillar turar joyi, ustaxona va avtomobillar yuvish joyi ham bor.

Uchinchidan, yangi binoda maxfiy hujjatlar bilan ishlash uchun maxsus jihozlangan xona bor. Bu yerda yashirish audio yoki videoyozuv olib borish imkoni cheklangan.

© TVSNovoe zdanie OVD Ochakovo-Matveyevskogo rayona
Moskvada yangi uslubda qurilgan politsiya binosi ishga tushdi - Sputnik O‘zbekiston
Novoe zdanie OVD Ochakovo-Matveyevskogo rayona

Yangi binoda shuningdek butun tuman hududida o‘rnatilgan 16 ming videokuzatuv xavfsizlik kameralarini nazorat qilish punkti ham bor.

Yangi binoda nafaqat bu yerda ishlovchi xodimlar qulayligi, balkim bu yerga keluvchi fuqarolar qulayligi ham hisobga olingan. Masalan yosh bolasi bilan politsiya binosiga tashrif buyurgan fuqarolar ishlari bitgunicha bolalarini maxsus “Bolalar xonalarida” qoldirishlari mumkin.  

Shahar meri Yuriy Lujkov aytishiga qaraganda, yangi bino 2-yil ichida to‘liq qurib bitkazilgan. Ayni damda yana 14ta ana shunday binolar qurib bitkazilgan va yana 15 ta qurilish jarayonida.

Ma’lumot uchun Moskvada jami 125 ta tuman bor.

Yangiliklar lentasi
0