Dunyoda

Saudiya qiroli arab davlatlari favqulodda majlisini chaqirdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishPeregovorы prezidenta RF V. Putina s korolem Saudovskoy Aravii S. Al-Saudom
Peregovorы prezidenta RF V. Putina s korolem Saudovskoy Aravii S. Al-Saudom - Sputnik Oʻzbekiston
Makkada 30 iyun kuni Arab davlatlari rahbarlarini favqulodda majlisi hamda Islom hamkorligi Tashkiloti sammiti boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 19 may — Sputnik. Saudiya Arabistoni qiroli Salman al-Saud arab davlatlari yetakchilarini favqulodda majlisga  chaqirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Ikki muqaddas dargoh asrovchisi (Saudiya podshohining rasmiy unvoni) oʻzining Arab davlatlari Ligasi hamda Fors koʻrfazi hamkorlik Kengashidagi aka-ukalarini 30 iyun kuni Makkada ikki favqulodda sammit oʻtkazish uchun taklif qildi”, - deyilgan xabarda.

Ushbu chaqiriq, avvalombor, Arab davlatlari Ligasi va Fors koʻrfazi hamkorlik Kengashi boʻlgan davlatlari rahbarlariga qaratilgan, lekin aynan shu kunlarda Makkada Islom hamkorligi Tashkiloti aʼzolari uchrashuvi ham boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Ucheniya MCHS  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Saudiya Arabistoni neft quvuriga uchuvchisiz apparatlar hujum qildi

Saudiya tashqi ishlar vaziri Odil al-Djubayr aytishiga koʻra, Saudiya Arabistoni urush boʻlishini istamaydi, lekin ikkinchi tomon urushni tanlasa “bor kuch va gʻayrati bilan javob beradi”.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan haftada Fors koʻrfazida, nomaʼlum shaxslar tomonidan, Saudiya Arabistoniga tegishli boʻlgan tankerlar  va neft quvurlariga qarshi hujum uyushtirilgan edi. AQSH maxsus xizmatlari xabariga koʻra, ushbu hujumlar Tehronga xayrixoh boʻlgan kuchlar tomonidan amalga oshirilgan boʻlishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala