Mirziyoyev va Putin tabrik so‘zlari MGIMO forumi ishtirokchilariga yetkazildi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaV Tashkente proshel patiy forum vipusknikov MGIMO
V Tashkente proshel patiy forum vipusknikov MGIMO - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin tabrik so‘zlari Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan MGIMO bitiruvchilari forumida o‘qib eshittirildi.

TOShKENT, 18-may - Sputnik. Bugun 19-may soat 10:00da Toshkentdagi Simpoziumlar saroyida Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti  (MGIMO) bitiruvchilari  V xalqaro forumi boshlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Patiy forum vipusknikov MGIMO sostoitsya 17-19 maya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda MGIMO bitiruvchilari ishtirokida V Xalqaro forum o‘tkaziladi

Forumda bir qator nufuzli mehmonlar, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulazip Kamilov, Rossiya madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy, Rossiya Federatsiyasi Kengashi raisi o‘rinbosari Ilyas Umaxanov va boshqalar ishtirok etmoqda.

Forum kun tartibidan davlat idoralari va kompaniyalar rahbarlarining biznes uchrashuvlari, ta’lim, madaniyat va investitsiya sohasidagi munosabatlar, Markaziy Osiyodagi ko‘p tomonlama hamkorlik va xavfsizlik masalalari hamda Toshkentda MGIMO filiali ochilishi taqdimoti va boshqa masalalar o‘rin olgan.

Forum Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin tabrik so‘zlari bilan boshlandi O‘zbekiston prezidenti tabrigini bosh vazir Abdulla Aripov o‘qib eshittirdi.

“Umid qilamanki, ushbu forum maydonida bo‘lib o‘tadigan qiziqarli va sermazmun muhokamalar, zamon talablari hamda xalqlar orasidagi o‘zaro munosabatlarni hisobga oladigan, oliy darajali diplomatlar tayyorlashga bo‘lgan yondashuvni takomillashtirish uchun xizmat qiladi”, - deyilgan Shavkat Mirziyoyev tabrik so‘zida.    

Rossiya prezidentining tabrik so‘zini MDXMI rektori Anatoliy Torkunov o‘qib eshittirdi.

Ministr inostrannix del Rossii Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston
Sergey Lavrov Toshkentda MGIMO filiali ochilishini xabar qildi

“Forum oliy darajada bo‘lib o‘tishiga va ko‘p tomonlama gumanitar hamkorlikni mustahkamlashga hissa qo‘shishiga - ishonchim komil. Muhim yubiley kuni arafasida, yaqinda MGIMOning birinchi xorijiy filiali ochilgan mehmondo‘st Toshkentda, turli mamlakatlardan bitiruvchilar jamlangani bizni xursand qildi. Bu yerda do‘stlik va hamjihatlik muhitida xalqaro kun tartibining muhim masalalarini muhokama qilish va universitetni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish imkoni paydo bo‘ladi”, - deyilgan Vladimir Putin tabrik so‘zida.

Tadbirni moderator sifatida MDXMIning Kuzatuv kengashi a’zosi, TASS bosh direktorining o‘rinbosari Mixail Gusman olib borapti. Forumda Mo‘g‘uliston Tashqi ishlar vaziri Damdin Sogtbaatar, Kambodja Ta’lim vaziri Naron Xan Chuon, Rossiya fan va ta’lim sohasini nazorat qilish federal xizmati rahbari Sergey Kravsov, MDXMning Vasiylik kengashi a’zosi Fattoh Shodiyev so‘zga chiqishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0