Jamiyat

Rossiyada yangi tugʻilgan chaqaloqqa Ilon Mask deb ism qoʻyildi

Bola tugʻilganligi haqida guvohnoma fotosurati ijtimoiy tarmoqda keng tarqaldi.

TOSHKENT, 20 may – Sputnik. Sochida istiqomat qiluvchi Aleksandra va Yevgeniy Moseykin nafaqat yaqinlarini, balki internetda yuzlab foydalanuvchilarni hayratda qoldirishdi.

Ular yangi tugʻilgan farzandining guvohnomasi rasmini internetda eʼlon qilishdi. Hujjatda bolaning ismi sharifi Moseykin Ilon-Maks Yevgenyevich deb yozilgan. Bu haqda "KP – Kuban" nashri xabar qildi.

Mushtariy bu hodisa yuzasidan koʻplab izohlar yozishgan. Ayrimlar bu tanlovni qoʻllab-quvvatlashgan, boshqalar esa tanqid qilishgan.  

Umuman olganda, bu hazil boʻlgan ekan.

“Bu aslida hazil. Men ijtimoiy tarmoqda oʻzimning blogimni yuritaman. Farzandli boʻlganimizdan soʻng ijtimoiy tarmoqdagi kuzatuvchilar bilan hazil qilmoqchi boʻldi. Guvohnomani qoʻlga olishimiz bilan, bolaning haqiqiy ismini uchirib, “Ilon Mask” deb yozib qoʻydik”, - deydi bolaning onasi Aleksandra.

Bola tugʻilganlik haqida guvohnoma surati ijtimoiy tarmoqda keng tarqaldi. Onaning soʻzlariga koʻra, ular bunday shov-shuv boʻlishini kutishmagan.  Chaqaloqqa aslida Artem deb ism qoʻyigan. Bunday ismni uning katta akasi Valeriy tanladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala