Rossiyada yangi tug‘ilgan chaqaloqqa Ilon Mask deb ism qo‘yildi

Obuna bo‘lish
Bola tug‘ilganligi haqida guvohnoma fotosurati ijtimoiy tarmoqda keng tarqaldi.

TOShKENT, 20-may – Sputnik. Sochida istiqomat qiluvchi Aleksandra va Yevgeniy Moseykin nafaqat yaqinlarini, balki internetda yuzlab foydalanuvchilarni hayratda qoldirishdi.

Ular yangi tug‘ilgan farzandining guvohnomasi rasmini internetda e’lon qilishdi. Hujjatda bolaning ismi sharifi Moseykin Ilon-Maks Yevgenyevich deb yozilgan. Bu haqda "KP – Kuban" nashri xabar qildi.

Mushtariy bu hodisa yuzasidan ko‘plab izohlar yozishgan. Ayrimlar bu tanlovni qo‘llab-quvvatlashgan, boshqalar esa tanqid qilishgan.  

Umuman olganda, bu hazil bo‘lgan ekan.

“Bu aslida hazil. Men ijtimoiy tarmoqda o‘zimning blogimni yuritaman. Farzandli bo‘lganimizdan so‘ng ijtimoiy tarmoqdagi kuzatuvchilar bilan hazil qilmoqchi bo‘ldi. Guvohnomani qo‘lga olishimiz bilan, bolaning haqiqiy ismini uchirib, “Ilon Mask” deb yozib qo‘ydik”, - deydi bolaning onasi Aleksandra.

Bola tug‘ilganlik haqida guvohnoma surati ijtimoiy tarmoqda keng tarqaldi. Onaning so‘zlariga ko‘ra, ular bunday shov-shuv bo‘lishini kutishmagan.  Chaqaloqqa aslida Artem deb ism qo‘yigan. Bunday ismni uning katta akasi Valeriy tanladi.

Yangiliklar lentasi
0