Dunyoda

Tojikistondagi koloniyada isyonga rahbarlik qilgan shaxslar maʼlum boʻldi

© Sputnik / Ivan Rudnev / Fotobankka oʻtishOxrannыy perimetr ispravitelnoy kolonii
Oxrannыy perimetr ispravitelnoy kolonii - Sputnik Oʻzbekiston
Dushanbe yaqinidagi qattiq tartibli koloniyada tartibsizliklar “Islom davlati” tashkilotiga aʼzo boʻlgan shaxslar tomonidan uyushtirildi.

TOSHKENT, 20 may – Sputnik. Tojikiston Adliya vazirligi jinoiy jazolarni ijro etish bosh boshqarmasi Dushanbe yaqinida Vaxdat shahrida joylashgan qattiq tartibli koloniyada isyon uyushtirgan shaxslarni maʼlum qildi.

Zaklyuchennыe v kolonii - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tojikiston qamoqxonasidagi toʻqnashuvda 29 kishi halok boʻldi

Tartibsizliklar oqibatida 3 nafar quriqchi va 29 nafar mahbus oʻldirildi. Koloniyada jami 1500 nafar mahbus saqlanmoqda.

“Tojikistonda taqiqlangan terrorchilik-ekstremistik tashkiloti “Islom davlati”* aʼzolari Dushanbe yaqinidagi qattiq tartibli koloniyada tartibsizliklarni uyushtirganlar, Behruz Gulmurod (Xalimov), Faxriddin Gulov, Maxmadullo Sharipov, Ruxullo Xasanov bevosita rahbarlik qilgan”, - deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishicha, Behruz Gulmurod – sobiq Tojikiston OMON qoʻmondoni Gulmurod Xalimovning oʻgʻli, u 2015 yilda terrorchilik tashkilotiga qoʻshilgan va Suriyada oʻldirilgan. 2017 yilda unga 10 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi berilgan.

Xalimov - BMT Xavfsizlik Kengashi santsiyalariga tushgan birinchi Tojikiston fuqarosi hisoblanadi. 2015 yilda u kutilmaganda gʻoyib boʻlgan va shu yilning may oyida Suriyada paydo boʻlib video murojaat orqali “Islom davlati” terrorchilik uyushmasiga aʼzo boʻlgani maʼlum qilgandi.

Bundan avval Xatlon viloyati sudi Gulmurod Xalimovning uch nafar yaqin qarindoshlariga hukm chiqargandi.

“Ali Xalimov, Gulmurod Xalimovning jiyani, akalari Komil va Nazir Xalimovlarga 7 yildan 18 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi berilgan”, - deb maʼlum qilishdi sudda.

Oʻtgan yil sentyabr oyida Rossiya Mudofaa vazirligi maʼlumotiga koʻra, Suriyaning Deyr-ez-Zore shahrida avia hujum natijasida sobiq Tojikiston OMON qoʻmondoni Gulmurod Xalimov yoʻq qilingan.

*Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala