Iqtisod

Byudjet ishchilarining maoshi toʻliq plastik kartaga oʻtkaziladi - MB

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishBankovskiye kartы mejdunarodnыx platejnыx sistem VISA i MasterCard
Bankovskiye kartы mejdunarodnыx platejnыx sistem VISA i MasterCard - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkentda byudjet ishchilarining maoshi toʻliq plastik kartalarga oʻtkaziladi - Markaziy bank direktori.

TOSHKENT, 20 may - Sputnik. Markaziy bank direktori Mamarizo Nurmuratov aytishiga qaraganda Toshkentda Humo toʻlov tizimi toʻliq ishga tushirilganidan keyin, byudjetdan maosh olayotgan ishchilar oyliklari toʻliq plastik kartalarga oʻtkazilishini xabar qildi, Gazeta.uz xabariga asosan.  

“Bizning asosiy maqsadimiz – maoshlarni toʻliq plastik kartaga oʻtkazishdir. Hozir 2000dan ortiq bankomatlar olib kelinmoqda va ularga dasturlar oʻrnatilmoqda. Biz naqd valyutani bankomatlar orqali olish uchun sharoit yaratamiz. Humo tizimi ishga tushganidan keyin ushbu masala toʻliq hal boʻladi”, - dedi Markaziy bank rahbari.   

Nurmuratov aytishiga qaraganda, tijorat banklari maoshgacha qarz berib turish hamda kredit kartalarni ishga tushirishga tayyor.

Eslatib oʻtamiz, biroz oldin Markaziy bank Oʻzbekiston fuqarolari 2019 yilning birinchi choragida kredit kartalardan koʻproq foydalanayotgani haqida hisobot eʼlon qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala