Tojikiston qamoqxonasidagi to‘qnashuvda 29 kishi halok bo‘ldi

© Sputnik / Maksim BlinovZaklyuchennie v kolonii
Zaklyuchennie v kolonii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston qamoqxonasida terrorchilikda ayblangan jinoyatchilar qo‘zg‘olon ko‘tardi.

TOShKENT, 20-may – Sputnik. Tojikistonning Vaxdat shahrida joylashgan qattiq tartibli qamoqxonada “Islomiy davlat” terrorchilik tashkilotiga a’zolikda ayblab qamoqqa olingan jinoyatchilar qo‘riqchilarga hujum qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Tojikiston Adliya vazirligiga asosan.

“Voqea mahalliy vaqt bilan 20:30 dan sodir bo‘lgan. “Islomiy davlat” terrorchilik tashkilotiga a’zolikda ayblanib qamalgan 30ga yaqin mahbuslar, pichoq va boshqa o‘tkir jismlar bilan qurollanib, 3 nafar qo‘riqchini garovga olgan va o‘zlarini ozod qilishni talab qilishgan”, - deyilgan xabarda.

Qamoqxona qo‘riqlash kuchlari bilan bo‘lib o‘tgan to‘qnashuv oqibatida 3 nafar qamoqxona nazoratchisi va 20dan ortiq mahbuslar halok bo‘lgan. 20 dan ortiq mahbus 3 oydan 6 oygacha karserga joylashtirilgan. Ayni damda vaziyat tergov organlari tomonidan o‘rganilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida  Tojikistonning Xo‘jand shahridagi koloniyada ham mahbuslar qo‘zg‘olon ko‘targan edi. O‘shanda 2 nafaq qo‘riqchi va 47 nafar mahbus qurbon bo‘lgan edi. Qo‘zg‘olon uchun javobgarlikni ID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgan edi.

Yangiliklar lentasi
0