Hodisalar

Buxorolik 28 yashar yigit rashk sababli oʻz xotinini boʻgʻib oʻldirdi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovMujchina dushit devushku. Illyustrativnoye foto
Mujchina dushit devushku. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Prokuratura Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

TOSHKENT, 21 may – Sputnik. Bosh prokuratura matbuot xizmati 20 may kuni Buxoro viloyatida yuz bergan qotillik haqida xabar qildi.  

Kupyurы nomiralom pyatdesyat tыsyach sum - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Xorazm viloyatida obunadan tushgan mablagʻlar talon-toroj qilindi

Xabarda aytilishicha, 20.05.2019 yil soat 02:30 larda Gʻijduvon tumani, Shoʻrcha mahallasida yashovchi fuqaro B.M. (1991 y.t.) oʻzi yashab kelayotgan uyda turmush oʻrtogʻi Z.S.ni (1994 y.t.) rashk oqibatida oʻrtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik natijasida uning boʻyin qismidan boʻgʻib, qasddan oʻldirgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan B.M.ga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

B.M. tegishli protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, 13 may kuni Xorazm viloyatida ham rashk ortidan qotillik sodir etilgandi. Shovot tumani, “Arbek” mahallasida yashovchi fuqaro M.O. (1973 y.t.) turmush oʻrtogʻi F.E.ni rashk qilib, oʻrtalarida kelib chiqqan janjal sababli, yashash uyida oshxona pichogʻi bilan turmush oʻrtogʻining boʻyin qismiga jarohat yetkazgan, oqibatda F.E. (1978 y.t.) voqea joyida vafot etgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala