Yunusobod metro liniyasida dastlabki burg‘ulash ishlari yakunlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil Yashnabadskiy rayon Tashkenta i oznakomilsya s xodom stroitelstva metro
Shavkat Mirziyoyev posetil Yashnabadskiy rayon Tashkenta i oznakomilsya s xodom stroitelstva metro - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishida yopiq usulda qurilayotgan yangi stansiyalar oralig‘idagi tunnelning uzunligi qariyib 1,5 kilometrlik burg‘ulash ishlari yakunlandi.

TOShKENT, 21-may – Sputnik. 19 may kuni Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishida yopiq usulda qurilayotgan yangi stansiyalar oralig‘idagi tunnelning birinchi yo‘nalishida uzunligi qariyib 1,5 kilometrlik burg‘ulash ishlari yakunlandi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Germaniyadan keltirilgan Herrenknecht rusumli tunnel burg‘ulash texnikasi yordamida 938 komplekt temir-beton xalqalar o‘rnatilib, Yunusobod liniyasining «Shahriston» bekati bilan ulanish uchun tayyorlangan maxsus qismiga yetib kelgan.

Xabarda ayni paytda poytaxtning Yunusobod yo‘nalishida 2-bosqich qurilishi davom etayotgani qayd etilgan

Toshkent metrosi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent metro - 2025

Yangi yo‘lning umumiy uzunligi 2,93 kilometrni tashkil etadi. Bugungi kunda metroning tunnel qurilish-montaj ishlari ochiq va yopiq usulda olib borilmoqda. Mazkur yer osti qurilish ishlarida “Ko‘prikqurilish tresti” unitar korxonasining 67-Ko‘prikqurilish otradi jamoasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Loyiha 2019-yil oxirigacha to‘la nihoyasiga yetkazilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu bunyodkorlik ishlari nihoyasiga yetkazilgach, Yunusobod metro yo‘nalishiga yana ikkita bekat qo‘shiladi. Bular “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari bo‘lib, har ikkisi ham sharqona me’morchilik an’analari asosida barpo etilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0