Hodisalar

Jinoyat ishini “bosdi-bosdi” qilish uchun tergovchiga pora bergan fuqaro qoʻlga olindi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Fotobankka oʻtishDenejnыe kupyurы i monetы raznыx stran
Denejnыe kupyurы i monetы raznыx stran - Sputnik Oʻzbekiston
Andijon viloyatida fuqaro tergovchiga 27,5 ming dollar pora taklif qildi.

TOSHKENT, 22 may – Sputnik. Bosh prokuratura matbuot xizmati Andijon viloyatida tergovchiga pora taklif qilgan fuqaro qoʻlga olingani haqida xabar qildi.

Mashina skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Ogʻir jinoyat: Toshkent viloyatida ayol kishining jasadi topildi

Xabarda aytilishicha, Andijon viloyati, Paxtaobod tuman prokuraturasi ish yurituvidagi jinoyat ishi yuzasidan fuqaro I.I. (1970 y.t.) jinoyat ishining oʻziga oid qismini ijobiy hal qilib berishi uchun jami 27.500 AQSH dollari taklif qilib, shundan 7.500 AQSH dollarini naqd shaklda hamda “J.S.K.” AJ hududidagi bozor narxi 20.000 AQSH dollariga teng boʻlgan savdo doʻkonini tergovchi aytgan fuqaro nomiga rasmiylashtirib berishni aytib pora taklif qilgan.

Ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovchisi viloyat prokurori nomiga fuqaro I.I. unga pora taklif qilayotganligi toʻgʻrisida bildirgi bilan murojaat qilgan.

Fuqaro I.I. 21.05.2018 yilda tergovchiga kelishilgan 27.500 AQSH dollaridan 3.000 AQSH dollarini bergan hamda “J.S.K.” AJ hududidagi bozor narxi 20.000 AQSH dollariga teng boʻlgan savdo doʻkonini rasmiylashtirib berish uchun tergovchidan pasport nusxani olayotgan vaqtida viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan I.I.ga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala