Iqtisod

Moliya vazirligida yangi boshqarmalar tashkil etildi: asosiy vazifalar

© Spuntik / Dmitriy AstaxovPapka s dokumentami
Papka s dokumentami - Sputnik Oʻzbekiston
Davlat ishtirokidagi tijorat banklarini isloh qilishni muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil etildi.

TOSHKENT, 22 may – Sputnik. Davlat korxonalari va ustav kapitalida davlat ishtirok etayotgan tijorat banklarini restrukturizatsiya va isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Moliya vazirligi zimmasiga davlat ishtirokidagi korxonalar va banklarni restrukturizatsiya va isloh qilishni muvofiqlashtirish funktsiyasi yuklandi.

Prodavщitsa slojila produktы v polietilenovыy paket - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Yil boshidan buyon aholi yalpi daromadi 123 %ga oshdi – Moliya vazirligi

Vazirlik tuzilmasida Sanoatning bazaviy tarmoqlari, yoqilgʻi-energetika majmui va geologiyani rivojlantirish moliyasi va tarifni tartibga solish bosh boshqarmasi negizida Tarif siyosati va davlat korxonalarini isloh qilish bosh boshqarmasi hamda vazirlik boshqaruv xodimlarining umumiy shtat birliklari doirasida Davlat ishtirokidagi tijorat banklarini isloh qilishni muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil etildi.

Shunga koʻra, Moliya vazirligi:

- davlat ishtirokidagi korxonalarni islohi qilish, shu jumladan davlat korxonalari, xoʻjalik birlashmalarining xoʻjalik va boshqarish funktsiyalarini ajratish orqali ularni restrukturizatsiya qilish ishlarini amalga oshirish masalalarida vazirlik va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;

- xalqaro moliya tashkilotlarining ekspertlarini jalb etgan holda tijorat banklarida davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirib borishni nazarda tutib, ularni boshqarish, isloh qilish va samarali egalik qilishni taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala