Dunyoda

Suriyada terrorchilar Rossiya aviabazasiga hujum qildi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Terrorchilar Rossiya Xmeymim aviabazasi tomon 17 ta raketa uchirdi.

TOSHKENT, 22 may – Sputnik. Terrorchilar Rossiya Xmeymim aviabazasi tomon 17 ta raketa uchirdi.  Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi maʼlum qildi.

Rossiyskaya boyevaya aviatsiya na aerodrome Xmeymim v Sirii - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Terrorchi jangarilar Suriyadagi Rossiya aviabazasiga hujum qildi

“Jangarilar tomonidan otilgan 8 ta raketa aviabazasigacha yetib bormadi, qolgan 9 ta raketa Rossiyaning havo hujumiga qarshi tizimi yordamida yoʻq qilindi”, - deb maʼlum qilindi.

Bundan tashqari, Idlibda Suriya hukumat qoʻshinlari bilan birgalikda jangarilarning ikkita hujum qaytarildi. Hujumda 200 nafar terrorchi, 4 ta harbiy texnika va 4 ta pikap mashinalari ishtirok etgan.

Xmeymim aviabazasiga hujumlar

Soʻngi bir necha kun davomida bu ikkinchi hujum. Dushanba kuni “Jabhat an-Nusra”* tashkiloti terrorchilari Xmeymim Rossiya aviabazasiga raketa zarbasini bergan.

Aviabaza tomon jami 6 ta raketa otildi, lekin ular aviabaza havo mudofaa tizimidan oʻta olmadi. 

Rossiyalik mutaxassislar terrorchilar raketa otish nuqtalari Kafer-Noblda joylashganini aniqladi. Ular havo kosmik kuchlari zarbalari bilan yoʻq qilindi.

Shu bilan birga, ikkita uchuvchisiz apparat urib tushirildi.

Idlib provintsiyasi jangarilar tayanch nuqtasi boʻlib qolmoqda. Bashar Asadning qoʻshinlari uni deyarli nazorat qilmayapti.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0