Iqtisod

Oʻzbekistonga bir necha avtomobil ishlab chiqaruvchilar kerak emas - iqtisodchi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovYuliy Yusupov
Yuliy Yusupov - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston yana bir necha avtomobil ishlab chiqaruvchilarga dosh bera olmaydi, deb hisoblaydi mutaxassis.

TOSHKENT, 22 may - Sputnik. Taniqli iqtisodchi Yuliy Yusupov fikriga koʻra, Oʻzbekiston avtosanoatini rivojlantirishning yagona toʻgʻri yoʻli – bojxona soliqlarini kamaytirib, erkin raqobatga yoʻl ochib berishdir.

Prezentatsiya novoy Lada Granta  na zavode «AvtoVAZ» v Tolyatti - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston Rossiyadan eng koʻp avtomobil import qiluvchi mamlakatlar uchligiga kirdi

“Nega har safar raqobat deganda Oʻzbekistonda avtomobil sanoatida yangi korxonalar qurish nazarda tutiladi? Men buni tushuna olmayman va bu katta xatodir. Biz yana bir necha avtomobil zavodiga dosh bera olmaymiz. Ular bizga kerak emas. Axir bu sohada “masshtab qoidasi” yaxshi ishlaydi. Yaʼni zavod qancha katta boʻlib, qancha koʻp mahsulot ishlab chiqarsa – uning narxi shuncha arzon boʻladi. Kichik zavodlarda mahsulot narxi doim yuqori boʻladi!”, - deydi Yuliy Batirovich.

Iqtisodchi fikriga koʻra, Oʻzbekiston bozorida avtomobillar import bojlari miqdorini “mantiqiy mos” darjagacha pasaytirish kifoya. Oʻshanda xaridorlarda tanlash imkoniyati, avtosanoatda – raqobat va byudjetda – daromad paydo boʻladi.

Bundan faqat koruptsiyachilar, raqobatbardosh ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻya olmaydigan samarasiz boshqaruvchilar yutqizadi xolos, - deydi iqtisodchi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala