Kupalniklarga - yoʻq, faqat ezgulik: "Koinot koʻrki" festivaliga tanlov boshlandi

© AFP 2022 / LILLIAN SUWANRUMPHAKonkurs krasotы
Konkurs krasotы - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qizlarning kupalniklarda chiqishi bekor qilindi, buning oʻrniga sohibjamollar Yer tabiatini qanday asrash va saqlash mumkinligi, dunyoda ezgulik koʻpayishi uchun nima qilish kerakligi haqida soʻzlaydilar

TOSHKENT, 23 may - Sputnik. Shu bugun dunyoning turli burchaklarida "Koinot koʻrki - 2020" toʻrtinchi xalqaro goʻzallik tanloviga kasting boshlandi. Bu haqda tanlov matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yangi mavsumda loyiha oʻz formatini toʻliq oʻzgartirgan va endilikda tanlov goʻzallik tanlovi sifatida emas, balki goʻzallik va ijod festivali sifatida namoyon etadi.

Tanlovda boʻyi 165 smdan yuqori, 18dan 30 yoshgacha boʻlgan ijtimoiy-faol qizlar ishtirok etishlari mumkin.

Toshkentda oʻtkazilgan goʻzallik tanlovida qozogʻistonlik model gʻolib boʻldi >>>

Ishtirokchilarning oilaviy ahvoli ahamiyatga ega emas, ammo farzandi boʻlgan ayollar festivalda ishtirok etish huquqidan mahrum etiladi.

Ishtirok etishni xohlovchi qizlardan festivalning http://www.beautyofuniverse.com/registration saytida anketani toʻldirish talab etiladi.

Aytgancha, tanlovdagi qizlarning kupalniklarda chiqishlari bekor qilindi, uning oʻrnini - ijodiy tanlov egalladi. Festival gʻolibalari hayʼat aʼzolariga turli ilmoqli savollar berishlari, shuningdek, Yer sayyorasi tabiatini asrash hamda dunyoda ezgulik koʻproq, negativ kamroq boʻlishi uchun nima qilish lozimligi haqida oʻz videomateriallarini taqdim etishlari mumkin boʻladi.

Har bir oʻzbek ayoli malikaligini isbotladim - birinchi Toshkent goʻzali bilan intervyu >>>

2020 yilda ushbu tanlov oʻzining ilk yubileyini nishonlaydi (2015-2020), shu bois xalqaro festival finali Kannlarda, Frantsiyada, Festivallar va kongresslar saroyida boʻlib oʻtadi.

Yangiliklar lentasi
0