TOSHKENT, 23 may – Sputnik. Buyuk britaniyalik Mikala Monsun tasodifan internetda intim foto-suratlar saqlangan internet bazaga duch keldi. Bazada qizga tegishli boʻlgan suratlar ham boʻlgan. Bu haqda Metro nashri xabar qildi.
Qizlarning suratlari Mega fayl almashish (fayloobmennik) ilovasida saqlangan va ularning ismlari boʻyicha papkalarga joylashtirilgan. Fayllar mamlakatning yirik shaharlar kesimida taqsimlangan.
23 yoshli Mikala Monsun shu papkalarni koʻrib chiqib, 17 yoshida tasvirga olingan koʻplab intim suratlarini topib oladi.
Qiz internet-baza ustidan politsiyaga shikoyat qiladi. Biroq politsiya xodimlari uni ranjitadi. Qiz politsiya xodimlari fayl almashish ilovasi nima ekanligini uzoq vaqt tushuntirishga toʻgʻri keldi.
Mazkur fayl almashish ilovasi OAVlar eʼtiborini tortdi. Jurnalistlarga bergan intervyuda Mega xodimlari oʻzlarining ilovasida qonunni buzadigan fayllarni saqlanishiga yoʻl qoʻymasligini aytib, ushbu kontentni uchirib tashlashga vaʼda berdi.
Biroq qizlar foto-suratlari hali ham internetda ochiqligicha qolmoqda.