Rossiyaga xizmat qilaman: Margarita Simonyan orden bilan taqdirlandi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishGlavniy redaktor telekanala RT i MIA "Rossiya segodnya" Margarita Simonyan.
Glavniy redaktor telekanala RT i MIA Rossiya segodnya Margarita Simonyan. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Margarita Simonyan Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirlandi.

TOShKENT, 23-may – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin RT va “Rossiya segodnya” xalqaro axborot agentligi bosh muharriri Margarita Simonyanga davlat mukofotini taqdim etdi.

Glavniy redaktor telekanala RT i MIA Rossiya segodnya Margarita Simonyan - Sputnik O‘zbekiston
Jurnalist so‘zlari Margarita Simonyan hayotini xavf ostiga qo‘ymoqda – advokat

Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Tantanali marosim Kremlning Yekaterina zalida o‘tkazildi.

Orden va medallar bilan mukofotlanganlar ichida 30 dan ortiq uchuvchi-kosmonavtlar, ilm, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport sohalari namoyondalari, taniqli artistlar, sanoat va qishloq xo‘jaligi ishchilari bor.  

Margarita Simonyan Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirlandi.

“Rossiyaga xizmat qilaman. Hayotdagi eng oliy mukofot uchun sizga rahmat. Vatanga xizmat qilish - bu imkoniyat, bu sharafdir”, - deb minnatdorlik bildirdi Simonyan.

Aleksandr Nevskiy ordeni - Vatan oldida alohida xizmatlari, shu jumladan Rossiyaning xalqaro obro‘-e’tiborini kuchaytirishga shaxsiy hissa qo‘shgan davlat xizmati lavozimida ishlovchi Rossiya Federatsiyasi fuqarolariga taqdim etiladi.

Yangiliklar lentasi
0