Oʻzbekiston maktablarida "Soʻnggi qoʻngʻiroq" vaqti 1 soat etib belgilandi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishPrazdnovaniye poslednego zvonka v Rossii
Prazdnovaniye poslednego zvonka v Rossii - Sputnik Oʻzbekiston
25 may “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbiri respublikadagi barcha maktablarda ertalab soat 8:00da boshlanib 9:00 da tugatiladi.

TOSHKENT, 24 may - Sputnik. Xalq taʼlimi vazirligi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida 2018-2019 oʻquv yilini yakunlash va "Soʻnggi qoʻngʻiroq" tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Mamlakatdagi barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida 2018-2019 oʻquv yilini yakunlash hamda “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini yuqori saviyada oʻtkazilishini tashkil etish maqsadida quyidagilarga amal qilish tavsiya etiladi:

Draka - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentdagi 17-maktab oʻquvchilarining ota-onalari jarimaga tortildi

* umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini joriy yilning 25 may kuni ertalabki soat 8:00 da “Mening maktabim – mening uyim” shiori ostida tashkil etish;

* tadbirni faqatgina 1- va 11-sinflar ishtirokida 1 soat davomiylikda oʻtkazish (9-sinf oʻquvchilari bitiruvchi hisoblanmaydi).

* “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarining maktab hovlisi, bogʻida yoki soya-salqin ochiq maydonlarida oʻtkazish hamda maktab hududiga texnika vositalari va begona shaxslarning kiritilmasligini taʼminlash;

* bitiruvchi oʻquvchilarning maktab formasidan tashqari, turli liboslar hamda lentalar taqib olishini oldini olish.

* “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablagʻlari yigʻilishini qatʼiyan taqiqlanadi;

* umumiy oʻrta taʼlim muassasalari rahbarlari hamda oʻqituvchilarga bitiruvchilar tomonidan turli qimmatbaho sovgʻalar taqdim etish, qoʻshimcha turli tantanali tadbirlarni (xonadonlar, restoran yoki qahvaxonalar va h.k.da banket yoki boshqa marosimlar) oʻtkazish va yengil avtomashinalarda sayr tashkil etishga yoʻl qoʻyilmaydi;

Podpis dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston
XTV maktablarga ota-onalardan tilxat olishga koʻrsatma bermaganini maʼlum qildi

* tadbirni tashkil etishda maktabning “Kuzatuv kengashi” aʼzolari faol ishtirok etishi bilan bir qatorda yuqorida keltirib oʻtilgan tavsiyalarga amal qilinishi ustidan nazorat olib boradi.

* Taʼlim muassasalarida oʻtkaziladigan “Soʻnggi qoʻngʻiroq” bayram tadbiri stsenariysini tuzishda quyidagilarga eʼtibor qaratish lozim.

"Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbiri taʼlim muassasasining rahbari boshchiligida, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, oʻqituvchi-murabbiylar, yoshlar yetakchilari tomonidan rejalashtiriladi.

Tadbirni tashkil etishda Xalq taʼlimi vazirligining tavsiya va koʻrsatmalariga asoslanish, taklif etilgan mehmonlar, ota-onalar uchun qulay joy tanlash, sanitariya va gigiyena, yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish zarur.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala