Gulnora Karimovaning fuqaroviy eriga tegishli mulk auktsionga qoʻyildi

© Sputnik / Valeriy Levitin / Fotobankka oʻtishGulnara Karimova
Gulnara Karimova - Sputnik Oʻzbekiston
Auktsion 10 iyun kuni boʻlib oʻtishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 25 may - Sputnik. Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning toʻngʻich qizi - Gulnora Karimovaning fuqaroviy eri ekani aytiladigan Rustam Madumarovga tegishli yana bir mulk – "Perfectum" savdoga qoʻyildi.

Gulnara Karimova - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shveytsariya sudi Gulnora Karimova mablagʻlaridan foydalanishni taʼqiqladi

Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, Toshkent shahrida joylashgan "Rubicon Wireless Communication" MCHJ (Perfectum) uyali aloqa xizmati koʻrsatadigan yirik tadbirkorlik subʼyektlaridan edi.

Ochiq auktsion narxni tushirib borish yoʻli bilan, demping usulida oʻtkaziladi. Mulkning boshlangʻich narxi 205 milliard 587 million soʻm etib belgilangan.

Auktsion 10 iyun kuni boʻlib oʻtishi kutilmoqda.

Gulnora Karimovaning sobiq eri uning millionlariga daʼvo qilmoqda >>>

Eslatib oʻtamiz, Gulnora Karimovaning sobiq eriga tegishli 7 mlrd soʻmdan ortiq mulk auktsionga qoʻyilgani haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala