Xorijiy ekspertlar prezident maktablariga qabulni boshlash uchun Oʻzbekistonga keldi

Ekspertlar hujjat qabul qilish markazlari va imtihon oʻtkaziladigan muassasalarga tashrif buyurdi. Imtihonlarni xolisona va odil oʻtkazilishi boʻyicha maxsus ish rejasini ishlab chiqishdi.

TOSHKENT, 25 may - Sputnik. Cambridge Assessment ekspertlari  Gvendid Kaudvell va Mark Shennon prezident maktablariga qabul jarayonini tashkil etish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurishdi, deb xabar qildi XTV matbuot xizmati.

Avval xabar berilganidek, Cambridge Assessment tashkiloti Oʻzbekistonda yangi tashkil etilayotgan prezident maktablariga qabulni shaffof va adolatli tashkil etishga masʼul tashkilot sifatida tanlangan.

"Cambridge Assessment tashkilotining ekspertlari ikki kunlik tashrifi mobaynida prezident maktablarini tashkil qilish boʻyicha loyiha xodimlari bilan oʻquvchilarning hujjat topshirish tartibi, imtihon kunlari, namunaviy test savollari toʻplamlarini tarqatishga oid masalalarni muhokama qildilar. Ekspertlar hujjat qabul qilish markazlari va imtihon oʻtkaziladigan muassasalarga tashrif buyurdi. Imtihonlarni xolisona va odil oʻtkazilishi boʻyicha maxsus ish rejasini ishlab chiqishdi", - deyiladi xabarda.

Prezident maktablariga qabul Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Oʻzbekiston taʼlim muassasalarining 4-sinf bitiruvchilari orasida belgilangan tartibda oʻtkaziladigan mantiqiy fikrlash testlari, yozma imtihon va suhbatlar natijalariga koʻra amalga oshiriladi.

Maktabning yillik qabul kvotasi 24 nafar oʻquvchidan iborat boʻlib, ikkita sinfga bir xil – 12 nafardan oʻquvchi taqsimlanadi. Birinchi oʻquv yilida esa har bir prezident maktabining 5-10-sinflariga jami 144 nafar oʻquvchi oʻqishga qabul qilinadi. 

Sherzod Shermatov, Ministr narodnogo obrazovaniya - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Prezident maktablariga ingliz tilini yaxshi bilganlar qabul qilinadi

Oʻquv jarayoni xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan oʻquv reja va dasturlar boʻyicha ingliz tilida amalga oshiriladi va "STEAM - taʼlim" (Science - tabiiy fanlar, Technology - texnologiya, Engineering - texnik ijodkorlik, Art - sanʼat, Mathematics - matematika) dasturi asosida olib boriladi.

Prezident maktabining 9-11-sinflarida taʼlim oʻquvchilarning qiziqishlariga koʻra ayrim fanni tanlash va ularni oʻrganish darajasini inobatga olgan holda individual oʻquv jarayoni asosida amalga oshiriladi.

Prezident maktablari bitiruvchilari belgilangan tartibda davlat tomonidan tasdiqlangan shahodatnoma, attestat bilan bir qatorda, xalqaro darajadagi tegishli dastur diplomi (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels)ga ega boʻladi. Bu esa oʻz navbatida xorijiy oliy oʻquv yurtlariga kirish imkonini beradi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilda birinchi uchta maktab Toshkent, Xiva va Nukusda ochilishi belgilangan edi. 2019 yilda prezident maktabini Namangan shahrida ham qurish boʻyicha qaror qabul qilindi. 2020-2021 yillar davomida Oʻzbekistonning boshqa viloyatlarida ham prezident maktablari tashkil etiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala