Mirziyoyev va Shtaynmayer uchrashuvi vaqti aniq bo‘ldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev priglasil Franka-Valtera Shtaynmayera v Uzbekistan
Shavkat Mirziyoyev priglasil Franka-Valtera Shtaynmayera v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashrif yakunida iqtisodiyot, moliya, ta’lim, sog‘liqni saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida ikki tomonlama munosabatlarni yanada kengaytirishga qaratilgan kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda

TOShKENT, 25-may - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer joriy yil 27-29 may kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston-Germaniya munosabatlari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Germaniya hamkorligi: asosiy raqamlar – Sputnik infografikasi

Xabarda aytilishicha, prezidentlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini, shuningdek, O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi formati doirasidagi aloqalarni muhokama qiladilar.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashish rejalashtirilgan.

Tashrif doirasida Frank-Valter Shtaynmayerning O‘zbekiston va GFR yetakchi kompaniya va banklari, jamoatchilik vakillari bilan uchrashishi, qator sanoat va boshqa obyektlar bilan tanishishi ko‘zda tutilgan.

Federal prezident Xorazm viloyatiga tashrif buyurib, Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashadi hamda Xiva shahrining tarixiy va me’moriy obidalari bilan tanishadi.

Tashrif yakunida iqtisodiyot, moliya, ta’lim, sog‘liqni saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida ikki tomonlama munosabatlarni yanada kengaytirishga qaratilgan kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0