Vatan rivojiga hissa qo‘shing: Shermatov bitiruvchilarga tabrik yo‘lladi

© Foto: Sputnik / Tabildi Kadirbekov Vipusknik
Vipusknik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shermatov, endilikda o‘quvchilarni oliy o‘quv yurtlariga imtihonlar kutayotganini, ularning yutuqlarida albatta, pedagoglarning hissasi borligini ta’kidlab o‘tgan

TOShKENT, 25-may - Sputnik. Bugun O‘zbekistondagi barcha maktablarda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" jarang topmoqda. 279 ming nafar o‘quvchilar 11-yillik ta’lim tizimiga qayta o‘tilgach, keyingi ilk bitiruvchilarga aylandilar.

Prazdnovanie poslednego zvonka v Rossii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston maktablarida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" vaqti 1 soat etib belgilandi

Shu munosabat bilan XTV Sherzod Shermatov 11-sinf o‘quvchilariga o‘z tabrigini yo‘lladi.

"Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev boshchiligida Xalq ta’limi tizimida katta islohotlar davri boshlandi. Shu bilan birga, hali oldimizda bajarilishi lozim bo‘lgan ulkan vazifalar ko‘p va kelgusida ularni ham bosqichma-bosqich hal etib boramiz. Bu borada bizga yaqinda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi dasturilamal bo‘lishi, shubhasiz", - deya iqtibos keltiradi vazir so‘zlaridan idora matbuot xizmati.

Shermatov, endilikda o‘quvchilarni oliy o‘quv yurtlariga imtihonlar kutayotganini, ularning yutuqlarida albatta, pedagoglarning hissasi borligini ta’kidlab o‘tgan.

"Aziz bitiruvchilar! Bugun sizlarning hayotingizda eng quvonchli kun. 11-yil mobaynida bir partada yonma-yon o‘tirgan, bir oila a’zolaridek bo‘lib qolgan sinfdoshlarning har biri ertadan boshlab o‘zining shaxsiy hayotini qurishga kirishadi. Kimdir tahsilni oliy o‘quv yurtida davom ettirsa, yana kimdir halol mehnati bilan oilasiga qanot bo‘ladi", - degan vazir.

Shermatov, shuningdek, maktab partasida olingan bilimlar bugungi bitiruvchilarga qo‘l kelishiga, ular kelgusida bu bilimlarni yanada mustahkamlab borib, O‘zbekiston rivoji uchun o‘z hissa qo‘shishlariga ishonch bildirgan.

"Maktab dargohidagi so‘nggi, mustaqil hayot yo‘lingizdagi ilk qo‘ng‘irog‘ingiz muborak bo‘lsin! Bilim olishda hamisha davom eting!", - deya tilak bildirgan XTV rahbari.

Yangiliklar lentasi
0