Oʻzbekiston TIV Xitoyga oʻqishga borib, aldangan fuqarolar shikoyatini oʻrganmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdaniye MID Uzbekistana
Zdaniye MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Oldinroq bir qator OAVda Xitoy Xalq Respublikasiga oʻqish uchun joʻnab ketgan Oʻzbekiston fuqarolarining videomurojaatlari tarqalgan edi

TOSHKENT, 25 may - Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Xitoyga oʻqishga ketgan fuqarolar tomonidan yoʻllangan videomurojaatlar masalasini nazoratga oldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Jamiyat
Xitoyda shunday vaziyatga tushib qolgan oʻzbekistonlik oʻnlab qizlar bor - TIV

Bir qator OAVda Xitoy Xalq Respublikasiga oʻqish uchun joʻnab ketgan Oʻzbekiston fuqarolarining videomurojaatlari tarqaldi.

Mazkur murojaatlarda ular oʻzlarini yuborgan agentlik tomonidan shartnomaning ayrim bandlari bajarilmayotgani borasida shikoyat qilishgan.

"Oʻzbekistonning Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasi murojaatchilar bilan aloqa oʻrnatdi va mazkur masalani nazoratga oldi.

TIV Konsullik-huquqiy departamenti Oʻzbekiston fuqarolarining ularni xorijga joʻnatgan kompaniyaga nisbatan talablari qonuniyligini tekshirib koʻrish uchun vakolatli organlarga soʻrovnoma yoʻlladi va hozirda mazkur idoralarning tegishli xulosasini kutmoqda", - deyiladi xabarda.

Ilgariroq, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Xitoyda qamoqqa olingan oʻzbekistonlikni vatanga qaytarishga yordam bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala