Misr aviakompaniyasi “Toshkent – Sharm-al-Shayx” parvozlarini boshlaydi

© Almasria airlinesSamolyot yegipetskoy aviakompanii AlMasria
Samolyot yegipetskoy aviakompanii AlMasria - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
12 iyundan boshlab Toshkent va Sharm-al-Shayx orasida parvozlar yo‘lga qo‘yiladi.

TOShKENT, 26-may – Sputnik. Misr aviakompaniyasi Toshkentdan Sharm-al-Shayxga parvozlarni amalga oshiradi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAVlar.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Yegipta Abdul-Fattaxom as-Sisi - Sputnik O‘zbekiston
Sport, ta’lim va investitsiya: O‘zbekiston va Misr 12ta hujjat imzoladi

Parvozlar Misrning AlMasriya Universal Airlines kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Yangi yo‘nalish bo‘yicha reyslar haftaning chorshanba kunlari amalga oshiriladi. Dastlabki parvoz 12 iyugnga belgilangan. Yo‘lovchilar Airbus-320 samolyotlarida parvoz qilishadi.

Ma’lumot uchun, Misrning Sharm-al-Shayx shahri bu dunyodagi eng mashhur dam olish maskanlaridan biri hisoblanadi. U yerda qishin-yoziq issiq bo‘ladigan qulay plyajlarda cho‘milish hamda juda chiroyli dengiz osti manzarasi va dengiz baliqlarini kuzatish imkoniyati bor.

2015 yilga qadar Rossiyalik sayyohlar orasida Sharm-al-Shayx juda ommaviy yo‘nalish edi. U yerga birgina Moskvaning o‘zidan kuniga 20dan ortiq parvozlar amalga oshirilar edi. 2015-yilning 31-oktabrida Sinay yarim oroli ustida sodir bo‘lgan fojeadan so‘ng ushbu yo‘nalishda charter parvozlar amalga oshirish ta’qiqlangan edi. 

Yangiliklar lentasi
0