Toshkent ustidan 60ta sputnik bir chiziq bo‘lib uchib o‘tdi

© StarlinkSetka sputnikov Starlink
Setka sputnikov Starlink  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Butun dunyoni internet bilan qamrab olishga qaratilgan Starlink loyihasining birinchi partiya sputniklari uchirildi.

TOShKENT, 26-may – Sputnik. Toshkentliklar 25-maydan 26-mayga o‘tar kechasi shahar osmonida bir chiziq bo‘lib o‘tayotgan 60 ta sputnikni kuzatishdi. Ushbu haqidagi video Youtubeda joylashtirilgan.

Shuningdek ushbu sputniklar uchib o‘tishini dunyoning tulri shaharlari ustida  kuzatish mumkin edi. Eng sifatli video Gollandiyada suratga olingan.

Ushbu sputniklar shodasi 24-may kuni amerikadan uchirilgan bo‘lib ularni Yer orbitasiga Space X raketasi olib chiqqan edi. Ular Ilon Maskning Starlink loyihasi doirasida uchirilgan birinchi 60ta sputnikdir. Har bir sputnik o‘rtacha og‘irligi 220 kilogramni tashkil qiladi.

Starlink loyihasi – butun Yer sharini koinot orqali ishlaydigan Internet bilan qoplab olishni nazarda tutgan. Buning uchun kamida 800 ta ana shunday sputniklarni 450 km balandlikdagi orbitaga olib chiqish kerak. Kelajakda ushbu sputniklar soni 12 000 taga yetishi mumkin. Internet ishlashi uchun faqat sputniklarning o‘zi yetarli emas, Yerda ham bazaviy stansiyalar o‘rnatilishi va radioto‘lqin chastotalari ajratilishi kerak. 

Quyida Starlink  loyihasi haqida animatsion videolavha bilan tanishing.

Yangiliklar lentasi
0