Medvedev va Aripov energetika sohasidagi yirik loyihalarni muhokama qilishadi

© Sputnik / Yekaterina Shtukina Premyer-ministr RF D. Medvedev vstretilsya s premyer-ministrom Uzbekistana A. Aripovim
 Premyer-ministr RF D. Medvedev vstretilsya s premyer-ministrom Uzbekistana A. Aripovim  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Medvedev Toshkentda Abdulla Aripov va Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashib, energetika sohasidagi yirik loyihalarni muhokama qiladi.

TOShKENT, 27-may – Sputnik. Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev 29-30 may kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Rossiya va O‘zbekiston hukumat komissiyalari  majlisida ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Dmitriy Medvedev va O‘zbekiston  bosh vaziri Abdulla Aripov O‘zbekiston va Rossiya hukumatlararo qo‘shma komissiyasining birinchi majlisini o‘tkazishadi. Tashrif doirasida Rossiya bosh vazirining O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi ham rejalashtirilgan”, - deyilgan xabarda.

Uchrashuv davomida ikki davlat munosabatlarining savdo-iqtisodiy, investitsion, ilmiy-ma’rifiy va madaniy-gumanitar sohalardagi keng ko‘lamli masalalar muhokama qilinadi.

Muzokaralarda, shuningdek, energetika, sanoat, transport, yuqori texnologiyalar va qishloq xo‘jaligi sohalarida yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ham ko‘rib chiqiladi.

Uchrashuvlar yakunida turli sohalarga taaluqli bir qator hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari rahbarlari ishtirokida qo‘shma komissiya 2018-yilning oktabr oyida, Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin muzokaralaridan so‘ng tuzilgan edi. Ushbu komissiyaning maqsadi ikki davlat orasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirishdir.

Yangiliklar lentasi
0