Odessa markazidagi koloniyada ison ko‘tarildi – voqea joyidan lavha

© DumskayaV odnoy iz odesskix koloniy vspixnul bunt - video s mesta sobitiy
V odnoy iz odesskix koloniy vspixnul bunt - video s mesta sobitiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Odessa markazida joylashgan koloniyada mahbuslar ison ko‘tardi.

TOShKENT, 27-may – Sputnik. Odessa markazida joylashgan 51 – sonli koloniyada mahbuslar ison ko‘tardi.

Oxranniy perimetr ispravitelnoy kolonii - Sputnik O‘zbekiston
Tojikistondagi koloniyada isonga rahbarlik qilgan shaxslar ma’lum bo‘ldi

Xabarda aytilishicha, yuzdan ortiq mahbus koloniya ichida kirishni to‘sib qo‘ydi va 6 nafar tibbiyot ishchi va quriqchilarni garovga oldi.

Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, 15 nafar mahbus qochib ketdi. Ta’kidlanishicha, mahbuslar koloniyada o‘t qo‘yib, ma’muriy binoni bosib olishga harakat qildi.

Isoning sababi mahbuslarning qoniqarsiz shart-sharoiti va “sifatsiz ovqatlanish” deb aytilmoqda.

Ison oqibatida 3 nafar mahbus va ikki nafar quriqchi jarohat olgani haqida xabar berilmoqda.

Qamoqxona yaqiniga qo‘shimcha politsiya va Milliy gvardiya qo‘shinlari olib kelindi.

Jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Videoda politsiya xodimlari voqea joyida harakatlari aks etgan.

Yangiliklar lentasi
0