Jizzaxda 26 bosh ot o‘g‘irlagan uch nafar jinoyatchi qo‘lga olindi

© AP Photo / Michael ProbstIslandskie loshadi pasutsya v svoyem zagone v Verxayme, Germaniya
Islandskie loshadi pasutsya v svoyem zagone v Verxayme, Germaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uch nafar jinoyatchi 2017-2018 yillar mobaynida Forish tumani dala maydonida yurgan 26 bosh otlarni o‘g‘irlagan.

TOShKENT, 27-may – Sputnik. Jizzax viloyatida 26 bosh ot o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi.

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, Forish tumanida 20-mart kuni Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashovchi fuqaro viloyat IIBga murojaat qiladi. Fuqaro o‘z arizasida 2017-2018 yillar mobaynida Forish tumani Egizbuloq QFY hududidagi dala maydonida yurgan 26 bosh otlari yo‘qolganligini ma’lum qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan uch kishi aniqlangan va qo‘lga olingan.

Hozirda ilgari qo‘zg‘atilgan jinoiy ish yuzasidan tergov davom etmoqda

Yangiliklar lentasi
0