Peterburgda o‘zbekistonlik qalloblardan qutulish uchun derazadan sakradi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishBolnitsa
Bolnitsa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uch nafar jinoyatchi uning Turkiyada bo‘lgan rafiqasiga qo‘ng‘iroq qilib, erini ozod qilish evaziga katta miqdorda pul talab qilishgan.

TOShKENT, 28-may - Sputnik. Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston fuqarosini o‘g‘irlab, uni ozod qilish evaziga rafiqasidan 2 ming dollar talab qilgan uch nafar jinoyatchi qo‘lga olindi. Bu haqda “Nevskie novosti” huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga tayangan holda xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, jinoyatchilar o‘zbekistonlikni kuch bilan mashinaga mindirgan. Ular jabrlanuvchini qo‘l-oyog‘i bog‘lab kaltaklashgan. So‘ngra uning Turkiyada bo‘lgan rafiqasiga qo‘ng‘iroq qilib, erini ozod qilish evaziga katta miqdorda pul talab qilishgan.

Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Irkutskda o‘zbekistonlikni o‘g‘irlab ketib, uni evaziga mashina va 50 ta qo‘y talab qilishdi

Talab qilingan pul berishdan bosh tortgandan so‘ng erkakni Leningrad viloyatidagi o‘rmonga olib borishgan. U yerda ham kaltaklab, pul topib berishini talab qilishgan. Shundan so‘ng asirdan kvartira kalitini tortib olib, uning uyiga kirishgan. Jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan ikkita telefon va besh ming rublni qo‘lga kiritishgan.

So‘ngra o‘zbekistonlikni boshqa kvartiraga olib kelib, erkak derazadan sakrab qochib ketmaguniga qadar ushlab turishadi.

Hozirda jabrlanuvchi bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, chap tovon suyagining ezilib sinishi va o‘ng tovon suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Mazkur hodisa yuzasidan jinoiy qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Irkutskda o‘zbekistonlikni o‘g‘irlab ketib, uni ozod qilish evaziga mashina va 50 bosh qo‘y talab qilishgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0